Kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berildi
O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) tomonidan Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomiga (ro‘yxat raqami 3380, 2022 yil 15 avgust) muvofiq kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish uchun “C-STORE” MCHJga litsenziya berildi.
Tegishli ma’lumotlar litsenziyalarning elektron reyestriga belgilangan tartibda kiritilgan hamda Agentlikning rasmiy veb-sahifasida foydalanish uchun ochiq hisoblanadi.
Manba: NAPP.uz
Manbahttps://napp.uz/ru/news/kripto-do-kon-faoliyatini-amalga-oshirish-uchun-litsenziya-berildi-8


