Xizmat körsatiş va sanoat sohalarida biznes muhiti yaxşilandi - Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi sörovi

Xizmat körsatiş va sanoat sohalarida biznes muhiti yaxşilandi - Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi sörovi

Oktyabr oyida Biznes muhiti indeksi ötgan yilning mos davriga nisbatan ijobiy dinamikani qayd etdi. Eng sezilarli ösiş xizmat körsatiş va sanoat sohalarida kuzatilgan bölsa, quriliş sohasida körsatkiç özgarişsiz qoldi. Tadbirkorlar biznesni rivojlantiriş istiqbollari böyiça ijobiy kutilmalarini saqlab qolmoqda.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi respublikaning barça hududlarida tadbirkorlar örtasida har oy ötkaziladigan sörovlar asosida Özbekistondagi biznes muhiti tahlili natijalarini taqdim etdi.

Olingan maʼlumotlar asosida biznesning joriy holatiga berilgan baholar va tadbirkorlarning kelgusi uç oyga möljallangan kutilmalarini aks ettiruvçi yiğma biznes muhiti indeksi şakllantirildi.

Özbekistonda biznes muhiti yiğma indeksining dinamikasi

Oktyabr oyida yiğma biznes muhiti indeksi 58 bandni taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 2 bandga oşdi.

Indeks qiymatining 50 banddan yuqori bölişi tadbirkorlik muhitida optimistik baholar ustunligini anglatadi.

Biznesning joriy holati indeksi deyarli özgarmadi va 55 bandni taşkil etdi. Şu bilan birga, kutilmalar indeksi ötgan yilga nisbatan 4 bandga oşib, 60 bandga yetdi.

Tadbirkorlarning 57 foizi kelgusi uç oyda mahsulotlariga talab oşişini kutmoqda.

Respondentlarning qariyb yarmi (49 foizi) biznesning joriy holatini “yaxşi” deb baholagan. Şu bilan birga, korxonalarning har törttadan birida (25 foiz) sönggi uç oyda xodimlar soni oşgan.

Tarmoqlar kesimida biznes muhiti dinamikasi

Ötgan yilning mos davriga nisbatan biznes muhiti indeksi sanoat va xizmat körsatiş sohalarida ösdi, qurilişda özgarişsiz qoldi.

Sanoatda yiğma biznes muhiti indeksi 5 bandga oşib, 51 bandni taşkil etdi. Bu ösiş tadbirkorlarning kelgusi uç oyda biznesni rivojlantiriş istiqbollari böyiça kutilmalari 7 bandga oşib, 53 bandga yetgani, şuningdek, biznesning joriy holatiga berilgan baholar 4 bandga ösib, 49 bandni taşkil etgani bilan birga keçdi.

Ötgan yilga nisbatan sanoatda kelgusi uç oyda biznes holati yaxşilanişini kutayotgan tadbirkorlar uluşi 60 foiz darajasida saqlanib qoldi. Mahsulotlarga talab oşişini kutayotganlar uluşi esa 5 foiz bandga köpayib, 55 foizga yetdi.

Xizmat körsatiş sohasida yiğma biznes muhiti indeksi 10 bandga oşib, 67 bandni taşkil etdi. Bunda biznesning joriy holatiga berilgan baholar 9 bandga, kelgusi uç oydagi rivojlaniş istiqbollari böyiça kutilmalar esa 10 bandga yaxşilandi.

Xizmat körsatiş sohasidagi korxonalarning yarmidan köpi (53 foizi) biznesning joriy holatini “yaxşi” deb baholadi. Şu bilan birga, tadbirkorlarning 66 foizi kelgusi uç oyda biznes holati yaxşilanişini kutmoqda.

Qişloq xöjaligida yiğma biznes muhiti indeksi 43 bandni taşkil etdi. Biznesning joriy holati indeksi 35 band, kutilmalar indeksi esa 50 band darajasida şakllandi.

Sönggi uç oyda vaziyat yaxşilanganini tadbirkorlarning 48 foizi qayd etdi (ötgan yili 47 foiz). Şu bilan birga, respondentlarning 47 foizi biznesning joriy holatini “yaxşi” deb baholadi. Ötgan yilning mos davrida bu körsatkiç 50 foizni taşkil etgan.

Qurilişda yiğma biznes muhiti indeksi özgarişsiz qolib, 58 bandni taşkil etdi. Tarmoqda tadbirkorlarning kutilmalari 2 bandga yaxşilanib, 61 bandga yetdi. Biznesning joriy holatiga berilgan baholar esa 1 bandga pasayib, 56 bandni taşkil etdi.

Sönggi uç oyda vaziyat yaxşilanganini quriliş korxonalarining 43 foizi qayd etdi (ötgan yili ham 43 foiz). Şu bilan birga, korxonalarning 46 foizi biznesning joriy holatini “yaxşi” deb baholadi. Ötgan yilning mos davrida bu körsatkiç 52 foizni taşkil etgan.

Tadbirkorlar soliq bilan boğliq tösiqlar kamayganini qayd etmoqda

Sörov natijalariga köra, tadbirkorlarning 60 foizi biznes yuritişda heç qanday tösiqqa duç kelmayotganini bildirgan. Eng yuqori körsatkiç xizmat körsatiş sohasida (67 foiz) qayd etildi. Keyingi örinlarda qişloq xöjaligi va quriliş (har biri 54 foiz), şuningdek, sanoat (46 foiz) turibdi.

2026 yil sentyabr oyiga nisbatan soliqqa tortiş bilan boğliq muammolarni qayd etgan tadbirkorlar uluşi 4 foiz bandga kamayib, 19 foizni, bank tizimi bilan boğliq muammolarni bildirganlar uluşi esa 1 foiz bandga qisqarib, 14 foizni taşkil etdi.

Şu bilan birga, boşqa moliyaviy qiyinçiliklarga duç kelayotgan tadbirkorlar uluşi 11 foiz darajasida saqlanib qoldi. Soliq sohasidagi muammolar asosan soliq maʼmuriyatçiligi (12 foiz) va soliq stavkalari darajasi (7 foiz) bilan boğliq.

Tarmoqlar raqobatbardoşligi va investitsiya faolligini örganiş sektori

tel: (78)150 02 02 (441)

OAV va jamoatçilik bilan aloqalar bölimi

tel: (78)150 02 02 (417)

Manba: Review.uz

Manbahttps://review.uz/post/v-sfere-uslug-i-promshlennosti-otmecheno-uluchshenie-biznes-klimata-opros-ceir